Yosh tadbirkorlarga biznes tajribalari o‘rgatilmoqda

29.07.2020, 11:39

Yosh tadbirkorlarga biznes tajribalari o‘rgatilmoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan "Pandemiya sharoitida yoshlarning tadbirkorligini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari"
mavzusida onlayn muloqot tashki etildi.

Suhbat jarayonida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga fermerlarimiz va tadbirkorlarimiz tomonidan yetarlicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Masalan, “Imron textil” MChJ rahbari Islombek Qutfitdinov yoshlarga tadbirkorlik sir asrorlari bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi. 2015 yildan tashkil topgan ushbu korxonada 200 dan ortiq ishchi xodimlari ishlab kelmoqda. 2017 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan yosh tadbirkor I.Qutfitdinov “Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi Namangan viloyat filiali hududiy koordinatori lavozimida ham faoliyat ko‘rsatib kelyapti. Tinib-tinchimas tadbirkor bugungi pandemiya davrida "Saxavot va ko‘mak” umum xalq harakati jamg‘armasida muhtoj oilalalarga ko‘mak berishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Muloqotda yosh iqtidorli tadbirkor “Nur servis” MChJ rahbari Hasan Sobirov ham biznesini boshlamoqchi bo‘lish istagidagi yoshlar bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi. 2018 yildan boshlab avtomobilsozlikning barcha yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab yutuqlarga erishgan H.Sobirov ayni paytda 27 nafar yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlagan.
Yosh va muvaffaqiyatli fermer “Shamsiddin xoji” f/x rahbari A’zamjon Baxriddinov esa muloqot ishtirokchilariga yer bilan dillashish sirlarini o‘rgatdi.Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputati A.Bahriddinov hozirgi kunda 4 nafar uyushmagan yoshlarga mustaqil tadbirkorlik qilishlari uchun 1 gektardan , kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha esa 7 ta xonadonga 20 sotixdan yer maydonlari ajratib bergan va 42 nafar fuqarolarni bandligini ta’minlagan.

O‘ylaymizki, ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv bo‘lajak yoshlar tadbirkorlar uchun o‘ziga xos motivatsiya beradi.

Yulduz Yuldasheva,

O'zLiDeP Namangan viloyat

kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    669
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+