G’allaorol tumanida yangi BPT ish boshladi

12.08.2020, 17:16

G’allaorol tumanida yangi BPT ish boshladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov, qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari, tuman hokimligi va sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh a’zolari G’allaorol tumanidagi “G’allorol sulfat kaliy” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona faoliyati, karantin qoidalariga amal qilish tartibi, ishchi va xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shaxsan Prezidentimiz tashabbusi va topshirig‘i bilan “Sharq sanoati” konserni bazasida tashkil etilgan mazkur korxona asosan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 100 nafar ishchi-xizmatchilar mehnat qilayotgan korxonada 20 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta muhim bo‘lgan sulfat kaliy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu loyiha mintaqamizda dastlabkisi bo‘lib, to‘liq quvvat bilan ishga tushgach  yiliga 60 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish, ish o‘rinlari sonini esa 170 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Loyiha amalga oshirishga kirishilgan ilk kunlardan buyon O’zLiDeP bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan korxonada ish boshqaruvchi Dilshod Qodirov yetakchiligidagi yangi BPT tashkil etildi. Tashrif chog‘ida 10 nafar maslakdoshlarimizni o‘z safiga birlashtirgan quyi bo‘g‘in a’zolariga deputatlar tomonidan a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

 - O’zLiDeP dasturi va saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan yaxshi xabardormiz, - deydi yangi tashkil etilgan quyi bo‘g‘in a’zosi Berdiyor Jumayev. – Korxonamiz joylashgan kichik iqtisodiy hududdagi mavjud muammolarni hal qilishda, yangi ish o‘rinlari yaratishga partiyaviy vositalar bilan hissa qo‘shishga, o‘zimiz ovoz bergan deputatlarimizga yaqindan ko‘makdosh bo‘lishga biz ham astoyidil bel bog‘ladik.

Xolbek ASATOV

O’zLiDeP Jizzax viloyat kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    780
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+