Tinchlik va osoyishtalik mamlakat taraqqiyotining garovidir!

17.01.2018, 16:35

Tinchlik va osoyishtalik mamlakat taraqqiyotining garovidir!

Mamlakatimizdagi demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xalqimizning ma’naviy taraqqiyoti, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integrallashuvini, mamlakatimiz havfsizligi, tinchlik-barqarorligini, millatlararo va fuqaroviy totuvligini ta’minlash, bunda ayniqsa, siyosiy kuch sifatida birlashgan holda partiya faollarini keng jalb qilish maqsadida “Tinchlik va osoyishtalik mamlakat taraqqiyotining garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

“Urganch Yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Urganch shahar Kengashi deputatlari, viloyat hokimligi vakillari, Urganch shahar Bosh imom-xatibi hamda BPT a’zolari qatnashdilar.

- Bugungi kunda jamiyatimizga xavf solayotgan turli oqimlar va yot g‘oyalardan  yoshlarimizni asrash, ularda sog‘lom immunitet - dunyoqarashni shakllantirish, erkin fuqarolik jamiyatining asosiy sharti bo‘lgan aholining siyosiy madaniyati, huquqiy ongini oshirishimiz zarur, - deydi Urganch shahar Kengash raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Donyorbek Jumaniyozov. - Mazkur vazifalarga bugun nafaqat davlat idoralari, balki, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar katta mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada yaratib berilayotgan huquqiy imkoniyatlardan keng foydalanish, targ‘ibot-tashviqot ishlariga yangicha yondashish talab etiladi.

- Bugun yoshlarimiz juda katta axborotni qabul qilmoqda. Ularga ma’lumotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, yaxshi-yomon xabarlarni ajrata olish har birimizning, ota-onalarning eng muhim vazifasidir, - deydi Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Zebo Tojiyeva. - Bugun farzandlarimizni ta’lim jarayonini, ish faoliyatini doimiy nazoratga olsak, ularning yutuqlarini rag‘batlantirib, kamchiliklariga tushuntirish berib do‘stona yaqinlik o‘rnatsak, albatta yosh avlod vakillari ham ma’naviy, ham siyosiy, ham iqtisodiy bilimga ega bo‘ladi. O‘zining bilimi va tafakkuri bilan rivojlangan mamlakat yoshlaridan bemalol yuqorilab ketadi. Biz partiya faollari hamkorlikda ushbu ishlarni amalga oshirsak, ertangi kunimizning tinchligi, osoyishtaligi, oilamiz totuvligini ta’minlagan bo‘lamiz.  

Tadbir yakunida partiyamiz safiga yangi qabul qilinganlarning 5 nafariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Nilufar Djabbarova

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1404
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+