“Premium capital group” MChJda O'zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti ochildi

04.09.2020, 15:45

“Premium capital group” MChJda O'zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti ochildi

Qarshi shahridagi yirik sanoat korxonalari uchun maxsus himoyalangan “Charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rremium capital group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida O'zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti ochildi.

100 nafarga yaqin xotin-qiz doimiy ish bilan band etilgan mazkur poyabzal fabrikasi tomonidan mamlakatimizdagi yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalariga, Rossiya Federatsiyasi hamda Qozog‘istondagi xorijiy hamkorlarga buyurtma asosida mahsulot yetkazib berilmoqda. Yaqinda korxonaga xorijdan yangi turdagi poyabzallar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar olib kelindi. Bu uskunalar o‘rnatilgach,  ichki bozor va eksport uchun yangicha dizayndagi  bozor ehtiyojiga mos poyabzallar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Korxonada partiyaning quyi bo‘g‘ini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda  MChJ rahbari, "Shuhrat" medali sohibi Dilshod Muftillayev, O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat rahbari, Qarshi shahar Kengashi deputati Arziqul Sherov, viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash bo‘yicha guruh rahbari  Alibek Rahmatov, partiyaning Qarshi shahar Kengashi apparat rahbari A’zam Karimovlar ishtirok etishdi. Shu kuni korxona ishchi xodimlari partiya safiga qabul qilindi.

Korxonaning ish boshqaruvchisi Nigora Polvonova boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib saylandi.

O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    623
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+