Aktam Xaitov beruniylik yoshlar bilan uchrashdi

24.09.2020, 15:56

Aktam Xaitov beruniylik yoshlar bilan uchrashdi

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi  rahbari Aktam Xaitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi uchrashuvlari haqida xabar bergan edik.

Spiker o‘rinbosari  tumandagi uchrashuvlari davomida beruniylik faol yoshlar bilan ham muloqot qildi. Uchrashuvda tuman hokimi, “Yoshlar parlamenti” a’zolari,  partiyaning “Yoshlar qanoti” faollari va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, so‘nggi uch yilda barcha sohalarda olib borilgan o‘zgarish va yangilanishlar, "Yoshlar parlamenti"ga a’zo bo‘lgan yoshlarning kelgusi rejalari va yoshlarning muammo va takliflari, yoshlar hayotiga oid masalalar bo‘yicha fikr-mulohozalar tinglandi.  

Uchrashuvda Aktam Xaitov so‘nggi yillarda mamlakatimizda  yoshlarning  huquqiy  madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, siyosiy jarayonlarda ularning faolligini oshirishga katta e’tibor qaratilib kelinayotganligi, birgina  joriy yilda  "Yoshlar parlamenti"ning tashkil qilinishi yoshlar hayotidagi muhim yangiliklardan biri bo‘lganligini aholida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat va muloqotlar chog‘ida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.               

   O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    652
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+