“Urganch Ekskavator” aksiyadorlik jamiyatining 4 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi

23.01.2018, 15:08

“Urganch Ekskavator” aksiyadorlik jamiyatining 4 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Urganch Ekskavator” aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida “Tinchlik va osoyishtalik mamlakat taraqqiyotining garovidir!” mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi mafkura bo‘limi mudiri S.Ochilov, biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri A.Matnazarov, O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari D.Jumaniyazov, Urganch shahar Bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Otajonovlar  o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbirda vatanimizning tinchlik va osoyishtagilini ta’minlash, har bir o‘zbek farzandining vatanparvar, sadoqatli va vataniga mehrli qilib tarbiyalashda partiya faollarini birgalikda harakat qilishi, bunda har bir ota-ona tashabbusni o‘z qo‘liga olishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga A.Matnazarov Xazorasp tumanida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarning xorijiy investitsiyalar va zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop, jahon bozorlarida raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish borasidagi  yaratilgan imtiyozlar, bank kreditlari, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid partiya loyihalari to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida “Urganch Ekskavator” aksiyadorlik jamiyatining 4 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.  

Sultonboy OChILOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot

ishlari bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+