“IMIR”ning 6 nafar ishchisiga O’zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi

23.01.2018, 15:23

 “IMIR”ning 6 nafar ishchisiga O’zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi

Joriy yilning yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilingani  tadbirkorlar va kichik biznes vakillari  uchun ayni muddao bo‘ldi.

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tashabbusi bilan “Xususiy mulk huquqlarini mustahkamlash, uni rivojlantirish va samaradorligini oshirish” mavzusida tashkil etilgan tadbir ham sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar targ‘ibotiga bag‘ishlandi. “Tekstil libos” MChJda bo‘lib o‘tgan muloqotda mamlakatimizda iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ulushini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida aytib o‘tildi.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ular faoliyati uchun yanada erkinlik berish partiyamizning saylovoldi dasturlaridagi asosiy maqsadlaridan biri, – deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova. – Faol tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlar uchun erkinlik yaratish, xususiy mulk himoyasini ta’minlash orqali eksport hajmini ko‘paytirishga erishmoqchimiz.

– “IMIR” brendi ostida 2008 yil o‘z faoliyatimizni boshladik, – dedi “Tekstil libos”  MChJ direktori Anvar Muhitdinov. – Bugungi kunda asosan erkaklar kostyum-shimi, kurtka, palto va pidjak kabi mahsulotlarni MDH mamlakatlaridan tashqari Daniya va AQShga ham eksport qilmoqdamiz. Bizga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, bankdan 715 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib, yangi texnologiyalarni olib kelishni rejalashtiryapmiz. Bu orqali joriy yilning oxiriga qadar 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtiryapmiz.

Tadbir yakunida korxonaning partiyamiz maqsad va g‘oyalariga xayrixoh bo‘lgan 6 nafar ishchisiga O’zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi.  

Rustamjon HAKIMOV,

                                                                  O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1757
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Дилноза Сулейманова 2018-06-30 16:01:04

Партиянинг тарғиботи ҳамиша ўз ҳосилини бериб келган. шахсий тажрибам шуни кўрсатади.


зиёда 2018-06-30 15:57:44

Иқтисодиётни янада ривожлантириш ва либераллаштириш, Аёлларнинг иқтисодий-ҳуқуқий маданиятини юксалтириш ва бунда партиянинг ўрни ва ролини ошириш мақсадида партия фаоллари ҳамиша изланишдалар.


Fikringizni qoldiring

+