“Madinabonu-Robiyabonu hamkor” NNT o‘quv markazi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini bepul o‘qitishda yordam beradi

23.01.2018, 16:47

“Madinabonu-Robiyabonu hamkor”  NNT o‘quv markazi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini bepul o‘qitishda yordam beradi

O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi tomonidan 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va rivojlantirishda O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat va shahar Kengashlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, “Madinabonu-Robiyabonu hamkor”  NNT o‘quv markazi xodimlari va o‘quvchilari, partiya “Yoshlar qanoti” va “Yosh liberallar” klubi a’zolari va yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

– Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash partiyamiz oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi, – deydi O`zLiDeP Guliston shahar Kengashi apparat rahbari L.Kenjayeva. – Ayni vaqtda hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh tadbirkorlar safini kengaytirish, ularning iqtisodiy bilim va ko‘nikmasini yuksaltirish, tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbir yakunida “Madinabonu-Robiyabonu hamkor” NNT o‘quv markazi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zLiDeP viloyat Kengashlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini bepul o‘qitish ko‘zda tutilgan.

Husan JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2613
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

sitora2020-06-19 11:14:47

testlar boli meni


saida2020-06-19 10:58:08

talaba bo`lish


Fikringizni qoldiring

+