O‘zLiDeP deputatlik guruhining Kattaqo‘rg‘on tumanida ichimlik suviga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘ldi

26.01.2018, 17:41

O‘zLiDeP deputatlik guruhining Kattaqo‘rg‘on tumanida ichimlik suviga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘ldi

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tarmoqlar tortish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida hamda kelgusida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida tuman “Suvoqova” ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari O.Narzullayev  deputatlarga hisobot berdi.

Maruzada qayd etilganidek, “Suvoqova” DUK tuman filiali tomonidan Alisher Navoiy, Do‘stlik mahallasida 300 metr uzunlikdagi,  Saroy qishlog‘ida 1,3 km, Qiyot qishlog‘ida 0,68 m, Busaxona qishlog‘ida 1,78 km, Qaradaryo qishlog‘ida 0,21 m, Oltinsoy qishlog‘ida 0,72 m jami 4.99 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib foydalanishga topshirilgan.

– Tumanda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalar hayotga izchil tatbiq etilishi, qishloq joylarda markazlashtirilgan suv ta’minoti holatini tubdan yaxshilash imkonini bermoqda, – deydi tuman “Suvoqova” ishlab chiqarish davlat korxonasi rahbari O.Narzullayev. – Joriy yilda tumanimizning Do‘stlik, Qoradaryo, Yakkabog‘  mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda deputatlar suv inshootlarini qurish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga jiddiy e’tibor qaratishdi, ayniqsa, ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda ichimlik suvi inshootlarini qurishni jadallashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarini  bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1397
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+