“Nukus LED lighting”ning 20 nafar ishchisi O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

27.01.2018, 18:04

“Nukus LED lighting”ning 20 nafar ishchisi O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalardan kelib chiqib, tadbirkorlar huquqlarini mustahkamlash, uni rivojlantirish va samaradorligini oshirish shuningdek, tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Nukus щahrida joylashgan “Nukus LED lighting” MChJda uchrashuv  tashkil etildi.

Tadbirda partiya xodimlari tomonidan partiyaning saylovoldi Dasturidagi asosiy maqsadlaridan biri ham aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ularning erkin faoliyati yuritishi uchun qulay muhit yaratishdan iborat ekani ta’kidlandi.

- 2015 yil 5 mln mablag‘ va 2 ishchi bilan faoliyat boshlagan edik, - dedi korxona rahbari Sultan Abdaliyev. – Bugungi kunga kelib 12 kollej bituruvchisini ish bilan ta’minlash bilan birga, firma faoliyatini kengaytirib, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatishni ham yo‘lga qo‘ydik. Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar va imtiyozlardan unumli foydalangan holda kelajakda yangi ish o‘rinlarini yaratish va faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.   

Tadbir yakunida “Nukus LED lighting”ning 20 nafar  ishchisi O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.  

  O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1203
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+