O‘zLiDeP hududiy Kengashi ko‘magi bilan Baxoriston MFYda issiqxona tashkil etiladi

29.01.2018, 10:41

O‘zLiDeP hududiy Kengashi ko‘magi bilan Baxoriston MFYda issiqxona tashkil etiladi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hudud sektor rahbari va tuman elektr tarmoqlari bo‘limi, tumangaz korxonasi  va tuman Suvoqava tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, inavatsion g‘oya hamda takliflarini va muammolarni o‘rganish maqsadida Kosonsoy tumanining Baxoriston, Oqqo‘rg‘on va Toshqo‘rg‘on mahallalarida sayyor uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda 100 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Sayyor uchrashuvda Baxoriston MFYda joylashgan 29-sonli umumta’lim maktabida mutaxassis o‘qituvchilar yetishmasligi, hududda maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud emasligi, toza ichimlik suvi yo‘qligi, ishlab chiqarishni rivojlantirish kerakligi uchun imtiyozli kredit ajratilishi masalasida muammo va takliflar bildirildi.

– Mahalla hududidagi tashlandiq joyda issiqxona tashkil etib aholini meva-sabzavot mahsulotlar bilan taminlashni rejalashtiryapman, – deydi Baxoriston mahalla yashovchi M.Qodirov. – Ushbu hududdagi mavjud tashlandiq yer maydoni ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildim. Tashkilotchilar taklifim yuzasidan huquqiy maslahatlar berishdi.

Sayyor uchrashuvda aniqlangan muammolar yechimini topish bo‘yicha deputat va mutasaddi tashkilot masul xodimlari tegishli chora-tadbirlar belgiladilar, mavjud muammolar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarilib yechimi nazoratga olindi.  

Muzaffar TO‘XTASINOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1278
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+