Tadbirkor va fermerlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda

30.01.2018, 19:12

Tadbirkor va fermerlarga yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Toshkent Agrar Universiteti Termiz filialida O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “Tadbirkorlar va fermerlar muloqot forumi” loyihasi doirasida qator tashkilotlar, deputatlar, tadbirkor va fermerlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimizning “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tabirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratildi.

Muloqotda davlatimiz rahbarining mazkur farmoni oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‘yicha ayrim sub’ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalarning bekor qilinishi nosog‘lom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sun’iy oshirilishi, asossiz foyda ko‘rishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasida muhim qadam bo‘lganli ta’kidlanib, sohani yanada rivojlantirish borasida tadbirkorlardan takliflar olindi.

Davra suhbati ishtirokchilari Prezidentimizning “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tabirlari to‘g‘risida”gi qarori ham mamlakatimizda sog‘lom raqobat maydonini yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Zotan, amaldagi tizim bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar va xom ashyo resurslari turlarini import qilishda bojxona bojlari stavkasining yuqoriligi ularning taqchilligini yuzaga keltirmoqda. Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalar uchun rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish muddatlarining cho‘zilishi tayyor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘paytirmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar tomonidan yuqoridagi qarorlar qabul qilinishi bilan bog‘liq soliq va bojxona to‘lovlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq savollarga atroflicha javob berildi.

Murod EShNAZAROV

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1440
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+