O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotiblari va deputatlik guruhi rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan hududiy o‘quv kurslari boshlandi

31.01.2018, 19:27

O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotiblari va deputatlik guruhi rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan hududiy o‘quv kurslari boshlandi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan partiya Sirdaryo viloyati tuman, shahar Kengashlari raisining birinchi  o‘rinbosarlari – apparat rahbarlari, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotiblari va deputatlik guruhi rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

– Bu o‘quvlar deputatlarga qo‘yilayotgan talablarni amalga oshirish, ayrim masalalarni yechimini topishda bizga turtki bo‘lmoqda, – deydi Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ne’matullo G‘aybullayev. – Ayniqsa, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda mahalliy budjetni sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishda deputatlarning o‘rni qay darajada muhim ekanligini bugun yanada chuqurroq his qildik. Bu kabi o‘quvlar Prezidentimizning deputatlarga qo‘yayotgan talablarini bajarishda g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Ijrochi kotiblar oldida juda mas’uliyatli ishlar turibdi, – deydi Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotiblari Hasan Nazarov. – Chunki unga yuklatilgan vazifa deputatlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishdan iborat. Endilikda biz nafaqat partiya xodimi balki har tomonlama iqtisodiy, huquqiy va siyosiy bilimga, salohiyatga ega bo‘lgan bo‘lishimiz lozim. Chunki biz xalq ishonchini qozongan deputatlar bilan bevosita ish olib boramiz.

O‘quvlar davomida deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va ularni nazoratga olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish va uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan tushayotgan muammolarni yechish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berilmoqda. Doimiy komissiyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, deputatlik guruhlari tomonidan masalalarni doimiy komissiyalarga hamda sessiyalar kun tartibiga kiritish yo‘llarni interfaol usullarda o‘rgatilmoqda.

Bu kabi o‘quvlarni boshqa hududlarda ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Barno ABDULLAYEVA,

  O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi  Ijroiya

  qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1024
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+