Qalbimizda mangu yashaydi

31.01.2018, 19:33

Qalbimizda mangu yashaydi

O‘zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi kuni kecha shahardagi konchilik elektroenergitika kasb-hunar kollejida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Eng buyuk jasorat sohibiga ehtirom” nomli xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari,  “Yosh liberallar” klubi a’zolari, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Sh.Xolmurodov so‘zga chiqib, Birinchi Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlari hamda u kishiga xos bo‘lgan  insoniy fazilatlar haqida gapirib o‘tdi.

Partiyaning Zarafshon shahar Kengashi huzuridagi “Yosh liberallar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan “Eng buyuk jasorat sohibiga ehtirom” nomli tarixiy, siyosiy va badiiy dastur ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, xalqimizning sevikli va jonkuyar farzandi Islom Karimovning hayot yo‘li hamda bu inson tomonidan amalga oshirilgan ulkan islohotlar, o‘zbek xalqiga ko‘rsatgan otalarcha g‘amxo‘rligi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan aytilgan she’rlar yig‘ilganlar qalbini jumbushga keltirdi.  

N.OTAMURODOVA,

O‘zLiDeP Zarafshon shahar

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1703
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+