Namangan shahridagi 9 nafar ayollarni turli g‘oyaviy xurujlardan saqlab, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari ta’minlandi

01.02.2018, 10:31

Namangan shahridagi 9 nafar ayollarni turli g‘oyaviy xurujlardan saqlab, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari ta’minlandi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish yo‘nalishlarida  targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaratilgan turkum tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

“Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas!” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida asosiy e’tibor ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodi va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi, yot g‘oyalarni tarqatishga samarali kurashish, terrorizm va diniy ekstremizmga aloqador fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlarini sog‘lom hayotga qaytarish, aholi o‘rtasida zararli diniy g‘oyalar ta’siriga tushish holatlarini oldini olish, yurtimizning tinch va osoyishta hayotiga raxna solayotgan buzg‘unchi kuchlarga qarshi kurash masalalariga qaratildi.

Tadbirda Namangan shahrida ayollarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish borasida kopleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi natijasida shahardagi 9 nafar ayollarni turli g‘oyaviy hurujlardan saqlab, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari ta’minlanganligi alohida e’tirof etildi.

-Viloyatimizda bugungi kunda 9003 nafar  ayollar partiya a’zosi hisoblanadilar, shundan Xalq deputatlari viloyat, tumun (shahar) Kengashidagi 157 nafar deputatdan 25 nafarini ham ayollar tashkil etmoqda, - deydi partiya Namangan viloyat Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi va jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Husnida Iminjanova. - Deputat va faol ayollarimiz bilan birgalikda viloyatimizdagi chekka-chekka hududlarda ayollarini qiynayotgan muammolar o‘rganib kelinmoqda, xususan To‘raqo‘rg‘on tumanida hamkor tashkilotlar ko‘magida 12 nafar ishsiz ayollarini ish bilan ta’minlashga erishdik. Bugungi tadbirimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham ayollarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilib, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda mavzuga doir tayyorlangan videolavha  ham namoyish etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarni  qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va bu kabi tadbirlarni doimiy tashkillashtirib borishga kelishib olishdi.                                                                                               

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi faoli

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+