O‘zLiDeP tadbirida 25 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

13.11.2017, 17:46

O‘zLiDeP tadbirida 25 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

12 noyabr “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zLiDeP Beruniy tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tuman tibbiyot birlashmasida tadbir tashkil etdi.

Unda partiyaning tuman Kengashi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, tibbiyot xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

– Istiqlol yillarida xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va mavqeini yanada oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda, – dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Hamida Matkarimova. – 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham bunga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, taraqqiyot Dasturimizning “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbir doirasida 25 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Partiya g‘oyalarini targ‘ibot etishda faollik ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari partiyaning tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Asem SIRIMBYeTOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1551
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+