“Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun –mohiyati barcha saylovchilarga tushuntirilmoqda

28.09.2021, 15:53

“Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun –mohiyati barcha saylovchilarga tushuntirilmoqda

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat uyi”da saylovoldi tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova ochib, ayni kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP nomzodining Andijondagi vakili O’ktamjon Axunov tomonidan joylarda olib borilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ulardagi qizg‘in fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng nomzodning tarjimai holi, faoliyati, saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.

-Bo‘lib o‘tadigan saylov mohiyatini har bir yurtdoshimiz chuqur anglashi zarur, - deydi muassasa mas’ul xodimi Nazirjon Usmonov. – Chunki mazkur voqelik mamlaktimiz kelajagini belgilovchi muhim qarordir. O’zim shu partiya a’zosiman. Nomzodimizning saylovoldi dasturi bilan tanishib, amin bo‘ldimki, undagi har bir yo‘nalish bugungi izchil islohotlarimizning, taraqqiyot strategiyasining mantiqiy davomidir.

Tadbir davomida so‘z olganlar nomzodning so‘nggi besh yillikdagi faoliyati mobaynida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ulkan bunyodkorlik ishlari xususida fikr bildirdilar. “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otgani qizg‘in savol-javoblarda namoyon bo‘ldi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+