Ishonchli vakil kasb-hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi

15.10.2021, 17:16

Ishonchli vakil kasb-hunar o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi

Pokiza Axmadjanova Guliston shahridagi Monomarkazdagi tinglovchilar bilan uchrashdi

- Xotin-qizlarni o‘qitish, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish va ularning ishlashi uchun sharoit yaratish orqali ayollar orasidagi ishsizlik darajasini  2 marta kamaytirish nomzodimizning saylovoldi dasturida aks etgan, - dedi P.Axmadjanova. - 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan o‘qitiladi. Ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy ta’lim grantlari har yili oshib boriladi va 2026 yilga qadar 6 mingtaga yetkaziladi.

Monomarkazdagi tinglovchilarning yaratilgan sharoitlar va ularning ishdan ajralmagan holda qo‘shimcha mutaxassislik uchun o‘qitilayotgani ham bugungi zamon talabi darajasidagi ish ekanligini ta’kidlagan tadbir ishtirokchilari nomzod Sh.Mirziyoyev uchun ovoz berishlarini baralla aytishdi.

O'zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+