O‘zLiDeP va homiylar ko‘magida manaslik Joniqul Sulaymonovning uyi ta’mirlanadi

20.02.2018, 17:43

O‘zLiDeP va homiylar ko‘magida manaslik Joniqul Sulaymonovning uyi ta’mirlanadi

Ayni kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari joylarda bo‘lib, xalq bilan dildan muloqot qilmoqda, odamlarni dardu tashvishiga sherik bo‘lib, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topmoqda.

Shu maqsadda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi E.Xolbo‘tayev ham Do‘stlik tumanidagi Manas qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Deputatimiz shu hududda yashayotgan kam ta’minlangan oilalarning yashash tarzi, oilaviy ahvolini o‘rgandi.

– O‘g‘lim hayotdan bevaqt ko‘z yumgan sababli kelinim va 3 nafar nabiralarim biz bilan birga yashaydi, – deydi jizzaxlik 82 yoshli otaxon Joniqul Sulaymonov. – Shu kunga qadar nafaqa puli evaziga kun ko‘rib kelayotgan edik. Uyimiz ham ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. O‘zLiDeP faollari uyimizga kelib, bizning yashash sharoitimiz bilan qiziqdi, oilaviy ahvolimizni o‘rgandi hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan uyimizni homiylik asosida ta’mirlab berishlarini aytishdi.    

Kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi Adolat Yaxshilikovaning muammosi ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Anchadan buyon propan gaz balloni olishga qiynalib kelayotgan fuqaro partiyamiz faollarining ko‘magi bilan o‘z muammosiga yechim topilganidan xursand.

Ha, aholi manfaatlarini ta’minlash va xalq roziligini olishdek ezgu va xayrli ishlarda partiyaning ishchi guruhi a’zolari hamisha xalq bilan hamnafas. E’tiborlisi, O‘zLiDePning bu kabi sa’y-harakatlaridan elektoratimiz vakillari mamnun.        

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1432
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+