Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi

26.01.2024, 16:23

Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi

O’zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashida deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda deputatlar tomonidan Prezidentimizning 2022 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni ijrosi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  B.Tursunovning   hisoboti eshitildi.   

Hisobot ko‘ra, tumandagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududda istiqomat qilayotgan  226, 1 ming aholini  sifatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tumanda 2023 yilda 3 trln. 145 mlrd.so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga erishildi. Bu  o‘tgan yilga  nisbatan 103,5 foizga ortiq demakdir. Qishloq xo‘jaligi sohasida   doimiy va mavsumiy ishlarda band qilish hisobiga 27 ming 201 nafar  mahalliy aholi, shundan, 2 ming 734 nafari doimiy va 24 ming 467 nafari mavsumiy ishlarga jalb  qilindi.

Eshituv ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida yer, suv resurslaridan samarali  foydalanish, yuqori natijalarga erishish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash borasida qator loyihalar taklif qilib, eng maqbullarini amalda joriy etish masalasi tegishli doimiy komissiyada ko‘rib chiqilishini  belgilab oldilar.

Shuningdek, tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi mutasaddilariga  2023 yil davomida past ko‘rsatgichga erishgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini  tahliliy o‘rganib, sohada eksport salohiyatini ko‘tarish,  zaxiradagi mavjud ekin maydonlarini yuqori natijalarga erishgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga topshirish yuzasidan nazorat olib borish hamda bu haqda  ma’lumotlarni deputatlik guruhi a’zolariga taqdim etilishi yuzasidan deputatlik guruhi qarorlari qabul qildi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    74
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+