Xorazmda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

19.01.2024, 16:10

Xorazmda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm va Urganch shahar Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda Xorazm viloyat Chapqirg‘oq Amudaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi  rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Viloyat bo‘yicha 2023 yil hosili uchun 132,5 ming gektar maydonda sho‘r yuvish ishlarini olib borish, 33,2 ming gektar yerda g‘alla va 99,3 ming gektar yerda tomorqa hamda boshqa ekin maydonlarini sug‘orish rejalashtirilgan bo‘lib, jami 225,5 ming gektarda sug‘orish ishlari bajarildi.

O’tgan  yilda 71,6 km uzunlikdagi  irrigatsiya ob’ektlari va ulardagi 3 dona ko‘priklarni rekonstruksiya qilish belgilanib, amalda 42,2 km  uzunlikdagi kanallar va 2 dona ko‘prik rekonstruksiya qilindi, shundan 14,5 km  kanallar betonlashtirildi. Ekspluatatsiya mablag‘lari hisobidan suv xo‘jaligi tashkilotlar hisobidagi 623,5 km uzunlikdagi kanallarni tozalash, ulardagi 85 dona gidrotexnik inshootlar va 85 dona gidropostlarni ta’mirlash belgilangan bo‘lib, amalda 623,5 km yoki 100 foiz tozalandi, ulardagi 85 dona gidrotexnik inshoot 100 foiz va 85 dona gidropostlar 100 foizga ta’mirlandi. 

2021-2023 yillarda nasos stansiyalarda suv va elektr energiyani “onlayn” monitoring qilish uchun 286 dona qurilmalar o‘rnatish belgigangan bo‘lib, amalda 286 dona o‘rnatilgan.

Irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar yordamida “Aqlli suv” rejimida  nazorat qilish uchun 187 dona qurilmalar o‘rnatish belgilangan bo‘lib, amalda 184 donasi o‘rnatildi.

Viloyatda 41358 gektar, jumladan 3119 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish joriy qilinib ishga tushirildi. Yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha 1338 gektar g‘alla maydonlarda texnologiya joriy qilindi.

Deputatlar Xorazm viloyat Chapqirg‘oq Amudaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mas’ul xodimlariga o‘zlarini va aholini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shundan so‘ng Xorazm viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huquqshunosi Palvanov Jo‘rabekning hisoboti tinglandi. Hisobotga ko‘ra Xorazm viloyatida 254 ming 501 nafar tomorqa yer egalariga jami 42 ming 25 gektar ekin yer maydonlari ajratib berilgan.

Joriy yil bahorida aholi tomorqalarida belgilangan 39 ming 733 gektar yer maydonlariga bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan. Aholi tomorqalarida ekilgan ertaki ekinlardan 748 ming 177 tonna xosil yig‘ib olingan. Shu bilan birga viloyatda 33 ming gektar tomorqa yer maydonlariga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi ta’minlangan. Aholi tomorqalarida ekilgan takroriy ekinlardan 572 ming 122 tonna hosil olishga erishilgan. Viloyatning suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xiva, Shovot, Yangiariq va Yangibozor tumanlarining 27 ta mahalalarida 37 ta katta xajmli artezian quduqlar qazilib ishga tushurildi. Natijada 1153 ta fuqarolarga tegishli bo‘lgan 128 gektar tomorqa yerlarida suv ta’minoti yaxshilandi. Ushbu maqsadlar uchun talabgorlarga 3,32 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berilgan. Bundan tashqari Kengash xuzuridagi jamg‘arma tomonidan o‘tgan yil davomida 30,8 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berilgan.

Eshituv yakunida mutasaddi tashkilot mas’ullarining hisobotlari qoniqarli deb topilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    80
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+