Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar

23.01.2024, 15:15

Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Zomin tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Jamol Axmedovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlab o‘tganidek, Zomin tumanida jami 48 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Quyosh Fotoelektr Stansiyasi uskunasi o‘rnatilgan.

Mazkur uskunalar tomonidan 2023 yil davomida 696.0 ming kVt/s elektr energiya ishlab chiqarilgan. 33 ta ijtimoiy soha ob’ektlari va davlat idoralarida ham 510  kVt/s quvvatli QFES uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, 2023 yilda  ular yordamida 367.2 ming kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 8 ta ko‘p qavatli uylarga 46 kVt/s QFES uskunalari o‘rnatilgan. Tumandagi o‘z ehtiyojidan ortiq elektr energiyasini tarmoqqa uzatish maqsadida yuridik shaxslar bilan tuman elektr tarmoqlari korxonasi  o‘rtasida shartnoma tuzilgan.

Tumanda 89 ta xonadonga quvvati 310 kVt/s QFES uskunasi o‘rnatilgan. 36 ta xonadon 120 kVt/s quvvatli  QFES (Elektrhisob) dasturiga kiritildi. 2023 yil davomida xonadonlar o‘z ehtiyojidan orttirib, 15 ming kVt/sdan ortiq elektr energiyasini  elektr tarmoqqa uzatgan.

Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, tumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar. Bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarni deputatlik va jamoatchilik nazoratiga olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi..

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va

deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    78
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+