Partiya “Ayollar qanoti” faollari e’zozlandi

04.03.2022, 12:12

Partiya “Ayollar qanoti” faollari e’zozlandi

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib kelgan. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosaabati bilan O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar  Kengashlari faol ayollari, partiya Faxriylar kengashlari faxriy ayollari, partiya deputatlari, boshlang‘ich tashkiloti raislari ishtirok etdi.

Nafosat va nazokat bayramida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning ham mehnati mavjud ekanligi, xotin qizlarimizning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rnining oshib borayotganligi, davlatimiz tomonidan faol xotin - qizlarning barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlayotganligi, shu bilan bir qatorda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz yashayotgan ayollarimizga ham doim e’tibor berib kelinayotganligi tahsinga sazovor ekanligi xususida fikrlarni bildirishdi. 

Bayram tadbirida xotin-qizlarga partiya viloyat Kengashi  tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

         Jahongir Xo‘jamqulov,

O'zLiDeP Samarqan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+