Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari maqsadli amalga oshirilayaptimi?

10.03.2022, 16:38

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari maqsadli amalga oshirilayaptimi?

Ishsizlikka barham berish, odamlarni daromadli qilish eng muhim vazifa bo‘lib turibdi. Respublikamizda davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus daftarlar ham ayni shu niyatda yo‘lga qo‘yilgandi. Shundan so‘ng, har bir daftarga kirtilgan ishsiz, daromadsiz, ehtiyojmand fuqarolarning hunari bo‘lmasa, hunarga o‘qitildi, uyida kichik tadbirkorlik qilishi uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi. Harholda, ozmi-ko‘pmi, bekor odamlar nimadir foydali mashg‘ulotlarga jalb qilindi.

Biroq, hamma narsaning sarhisobi bo‘lgani kabi amalga oshirilayotgan ushbu ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning ijrosi qanday ta’minlanayotgani ko‘pchilikka qiziq. Jumladan O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlariga ham.

Viloyat Kengashida  bo‘lib o‘tgan eshituvda bu gal deputatlik guruhi vakillari viloyat bandlik, davlat soliq hamda moliya boshqarmalari mas’ullarining hisobotlarini tingladi.

Eshituvda viloyat bandlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Xolov “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar ishlar to‘g‘risida, Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Anvarov 2020 yil 25 dekabrda qabul qilingan “2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O’RQ-657-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar ishlar to‘g‘risida, moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Hazratov esa vohada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining 2021 yil yakunlari va 2022 yilda hududlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlarini o‘qib eshittirishdi.

Misol uchun, 2021 yil davomida bandlik boshqarmasi tomonidan 59 334 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, 40 427 nafar kishining bandligi ta’minlandi. Ularning 20 720 nafari “Yoshlar daftari”ga, 14 525 nafari “Ayollar daftari”ga, 493 nafari “Temir daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a’zolarini tashkil etadi. Mehnat bozori hamda bandlik sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarga esa jami 10 307 nafar fuqaro o‘qitildi.

Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Anvarovning ta’kidlashicha, 2021 yil uchun budjet daromadlari bo‘yicha belgilangan 1 739,4 mlrd. so‘mlik prognoz ko‘rsatkichlari amalda 1 933,7 mlrd. so‘mga yoki 111,2 foizga bajarilib, budjetga qo‘shimcha 194,3 mlrd.so‘m undirildi.

Eshituv davomida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar hamda ular tomonidan berilgan savollarga xisobot beruvchi mansabdor shaxslar tomonidan aniq javoblar berildi.

Tadbir yakunida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati O`zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash hamda ularni ishga joylashtirishdagi muammolarini bartaraf etish, budjet parametrlarining va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishiga kelishib olindi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    506
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+