Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida sahovat tadbirlari o‘tkazildi
24.03.2022, 10:53
Navro‘z bayrami arafasida Andijon viloyatida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xalqimizning yordamga muhtoj, extiyojmand kishilarga befarq emasligi, ularga har tomonlama ko‘maklashishdek olijanob fazilatlari, inson qadrini ulug‘lash, qutlug‘ sana va milliy bayramlar munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zLiDeP Xonobod shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari shahar kengashi deputati, hokim yordamchisi, tadbirkor Omadjon Djanpulatov tomonidan bu yilgi Navro‘z bayrami arafasida Xonobod shahar Istiqlol MFYga qarashli ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi mahalla jamoat ishlarida faol ishtirok etgan aholi vakillari, shuningdek, extiyojmand va o‘zgalar yordamiga muhtoj fuqarolar, faxriylar va partiya faollari ishtirokida Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida sahovat tadbirlari o‘tkazildi. Ijtimoiy ta’minotga muhtoj oilalarga ko‘mak berilib, bayram sovg‘alari topshirildi.
- Sahovatli insonlar bor bo‘lsin, – deydi mahallaning Istiqlol ko‘chasida istiqomat qilayotgan Dilfuzaxon Mamirova. Bayram arafasida ko‘nglimiz yanada quvonchga to‘ldi. Ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlar va ajoyib bayram sovg‘alari deputatimiz tomonidan tortiq etildi.
Xalq noibining bunday xayrli ishlari boshqa hududlarda ham davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Очередная встреча делегации УзЛиДеП в Китае
10.05.2024, 16:45
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
Fikringizni qoldiring