Deputat tashabbusi: Chirchiq daryosi bo‘yidagi saksovul daraxtlariga ziyon yetkazish holatlari oldi olindi

30.03.2022, 16:12

Deputat tashabbusi: Chirchiq daryosi bo‘yidagi saksovul daraxtlariga ziyon yetkazish holatlari oldi olindi

Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi G.Tuxtasinovaga tumanning “Nurafshon” mahallasi aholisidan murojaat kelib tushdi.

Jumladan, murojaat mazmuniga ko‘ra mahalla hududidan o‘tgan chirchiq daryosi bo‘yida saksovul daraxtlari noma’lum insonlar tomonidan tag-tomiri bilan yulib olinayotgani to‘g‘risida yozilgan. Ushbu muammoni o‘rganish va hal etish maqsadida deputat G.Tuxtasinova va O’zLiDeP Bektemir tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati F.Qalandarov murojaatda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha borib o‘rgandilar va ushbu jarayonga tegishli idora vakillarini jalb qildilar.

Natijada ushbu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rildi.

  • Ko'rildi
    549
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+