Shahrisabz tumanida ichki yo‘llar qurilishini deputatlar nazorat qilmoqda

22.04.2022, 15:49

Shahrisabz tumanida ichki yo‘llar qurilishini deputatlar nazorat qilmoqda

Xalq deputatlari Shaxrisabz tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shahrisabz tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi  tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan va 2022 yilda rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan korxona rahbari U. Azizovning hisoboti eshitildi.

Unda ta’kidlanganidek, unitar korxona tomonidan 2021 yilda tuman bo‘yicha 49.87 km ichki yo‘llar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shundan 20.4 km asfalt qoplamali yo‘l, 29.47 km shag‘al qoplamali yo‘l qurilgan. Jumladan “Mevazor” va “O’rtaqurg‘on”, “Miraki”, A.Temur kabi mahallalarda asfalt qoplamali va tosh yo‘llar qurilib foydalanishga topshirilgan. Bu ishlar 2022 yilda ham qizg‘in davom etmoqda.

Tinglangan ma’ruza yuzasidan bir qator deputatlar so‘zga chiqib, unitor korxona faoliyatida yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham mavjudligi bu yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tez orada bartaraf etish lozimligi xususida fikr yuritdilar.

Shuningdek, deputatlik guruhi yig‘ilishida partiya hayotiga oid boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    468
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+