O‘zLiDePning “Telegram”dagi guruhlari tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda
12.03.2018, 19:23
Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan har bir tumanda “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” , “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish”, “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” va “Kelajak deputatlari” kabi guruhlar tashkil etilgan. Mazkur guruhlar “Telegram” da o‘z faoliyatini olib bormoqda. Yaqinda partiya Bekobod tuman, shahar, Bo‘ka tumani Kengashi qoshida ish boshlagan mazkur guruh faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ochilgan guruhlarning maqsad, vazifasi, ularning faoligini yanada jonlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, guruh a’zolari ro‘yxati shakllantirildi. Muloqotlarda ta’kidlanganidek, “Telegram” tarmog‘ida ochilgan guruhlar orqali aholi, ayniqsa, tadbirkor va fermerlar tomonidan ko‘plab taklif va tavsiyalar bildirilyapti. Jumladan, bekobodliklar har bir mahallada tajribali tadbirkorlar va partiya faollarini jalb etgan holda issiqxonalar tashkil etish, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, mahallalarda uyma-uy yurib muammolarni aniqlash va deputatlar orqali ularni hal etishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Chirchiqliklar esa o‘quv-seminarlar tashkil etish, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlarga “Yangi hayot” mahalla fuqarolari yig‘inidan yer maydoni ajratish kabi masallalarni muhokama qilishdi.
Ta’kidlash kerak, o‘zaro muloqotlar davomida tumanlarda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xalq bilan muloqot qilish tizimini yanada jonlantirish, tadbirkor va fermerlarni o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va ularga yechim topish bo‘yicha ham takliflar berildi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring