Namanganlik 35 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi

Namanganlik 35 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi

O’zLiDeP Namangan viloyat kengashi tomonidan "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan memorandumga asosan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Namangan Davlat Universitetida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda talaba yoshlarning siyosiy jarayonlarga befarq emasligi qiziqishimizni tortdi. Ochiq muloqotda so‘z olganlar taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O’zLiDePning o‘rni va keng imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

Ochiq muloqot ko‘tarinki ruhda va yoshlarning katta qiziqishlari bilan o‘tganligi tahsinga sazovordir. Muloqotda faol ishtirok etgan 254 nafardan ortiq talabalarning 3 nafari amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lsa, 35 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

Eldorbek Jo‘rayev

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+