Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Amaliy fanlar universiteti talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar yoshlarga tushuntirildi.
Taʼkidlanganidek, O‘zLiDeP dasturiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlovchi 1 mln 300 mingdan ziyod aʼzoning 60 foizini yoshlar, navqiron tadbirkorlar tashkil qilishi ham siyosiy kuchning yoshlar huquq va manfaatlari himoyachisiga aylanib ulgurdi.
Tadbirda partiyaning “Parlamenda yoshlar o‘rni”, “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” va “Yosh innovatorlar va texnologlar”, “Yosh tadbirkorlar Ligasi”, “O‘zLiDeP yoshlar bilan”, “Yosh siyosatchilar Ligasi”, “Yoshlar parlamenti-kelajak kadrlari”, “O‘zLiDePdan huquqiy yordam” va boshqa loyihalar amalga oshirilib yaxshi natijalarga erishib kelinayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Shuningdek, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” qoshida “Volontyorlar klubi”, “Yosh siyosatchi qizlar” klubi tashkil qilingan bo‘lib, ushbu guruhlarda 200 yaqin yoshlarimiz, volontyorlarimiz qamrab olingan.
Maʼruzalardan so‘ng talaba yoshlar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga keng maʼlumotlar olishdi. Tadbir so‘ngida O‘zLiDeP safiga qabul qilingan aʼzolar uchun partiyaning aʼzolik guvoxnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Fikringizni qoldiring