Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi

31.03.2024, 09:59

Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi

Hozirgi kunda mamlakatimizda moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga qaratiladigan eʼtibor oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida, iqtisodiy tarraqqiyotining eng muhim omili hisoblangan fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida taʼlim olayotgan, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchun seminar-trening tashkil qilindi. Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi, Milliybank, Mikrokredit bankning vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, banklar tomonidan jismoniy shaxslar uchun berilayotgan kreditlar, kredit turlari va shartlari, kerakli hujjatlar, “Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida moliyaviy tushunchalar, byudjetlashtirish, tejash, investitsiya qilish, kredit va qarzni tushunishni qamrab olish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.

-Biznesga qadam kartasi – bu o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan fuqoralar uchun  birlamchi kichik aylanma mablag‘ ekan.  5 mln so‘m atrofidagi kreditlar o‘zini-o‘zi band kilmoqchi bo‘lgan biz singari jismoniy shaxslar uchun beriladigan kredit turi bizga haqiqatdan imkoniyat ekanligini seminarda bilib oldim, -  deydi Jaqsibayeva Mehriban. Seminar ishtirokchilarning fikr-mulohozalari savol-javoblari  bilan davom etdi. 

Klara Xudaybergenova

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi 

Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+