“Zoxidabonu” milliy xunarmandlar maktabi ayollari partiya safiga qabul qilindi

27.05.2022, 11:29

“Zoxidabonu” milliy xunarmandlar maktabi ayollari partiya safiga qabul qilindi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Sevara Muslimova ishtirokida Namangan shahar Chorsu daxasida joylashgan “Zoxidabonu” milliy xunarmandlar maktabida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida  69-maqsadda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga doir masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

“Zoxidabonu” milliy xunarmandlar maktabi rahbari Gulhayyo Ustabayeva faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Hunarmandlar maktabida asosan ayollar milliy liboslari tikiladi. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida 230 nafar hotin-qizlar ish band qilingan. 10 nafar ayollar maktabda faoliyat yuritadilar, 120 nafar ayollar  esa kasanachilik asosida ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, yaratilgan liboslar ichki bozorga  hamda  Buxoro,  Toshkent viloyatlari,  Qo‘qon shahriga eksport qilinmoqda.

Uchrashuv davomida O’zLiDeP safiga qo‘shilish maqsadi borligini bildirgan 10 nafar hunarmand maktabi ayollari partiya safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    691
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+