“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi

28.06.2022, 14:37

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Samarqand viloyat Kengashi hamda Urgut tuman hokimligi hamkorligida Urgut tumanidagi 154-maktabda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.Rizayev, G’.Abdiyev, O‘zLiDeP Samarqand viloyat, Urgut tuman Kengashlari a’zolari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, pedagoglar, o‘qituvchilar, yoshlar vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Har bir o‘zbekistonlik mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi qanday o‘zgarishlar, siyosiy islohotlar uning hayotiga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishini, Yangi O’zbekiston qanday qurilishini, mamlakat kelajagi uchun ularning ma’suliyatini ko‘ra olishi muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan konstitutsiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini har tomonlama xabardor qilish va turli qatlamlarni ushbu jarayonlarga jalb etish dolzarbligidan kelib chiqib, joylarda “Mening konstitutsiyam” shiori ostida jamoatchilik muhokamalari maydonlarini tashkil etmoqda.

Maqsad – konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini, mamlakat kelajagi uchun ahamiyatini aholining turli qatlamlari orasida keng targ‘ib qilish hamda fuqarolarda islohotlarga daxldorlik hissini oshirishdan iborat.

Davlat rahbari 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi va to‘rtta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi. Ushbu jarayonlarda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqish hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilish taklif etildi.

Bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi ulug‘vor g‘oya “Inson qadri uchun” - shiori yaqqol ifodalanishi lozim.

Tadbirda so‘z olganlar mavzu yuzasidan o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Jaxongir Xujamkulov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    278
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+