Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ta’lim muassasi vakillari o‘z takliflarini berdi
07.07.2022, 17:04
Guliston shahar Yuridik texnikumida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlar – davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzulmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri X.Jabborov Konstitutsiyaviy islohotlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini yanada mukammal ta’minlanishi borasida so‘zladi.
Shundan so‘ng, Yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari Sanjar Axmedov Konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘z yuritib, unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan holda bo‘layotganini, bugun taraqqiy etib borayotgan zamonda Konstitutsiyaning isloh qilinishi, uni yanada mukammallashtirish davr talabi ekanligini alohida ta’kidladi.
So‘ngida o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan tushgan takliflar yozib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring