Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?

01.05.2024, 09:32

Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Sardorbek  G‘iyosov  To‘raqo‘rg‘on tumanining “Xo‘jand”," Isfahon", “Shoxidon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi vakillari bilan uchrashdi.

Dastlab xalq vakili mamlmkatimizda mahalla tizimini takomillpshtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va bundan ko‘zda tutilgan maqsad haqida so‘z yuritdi. Bugun joriy etilgan mahalla yettiligi qanday ishlayotgani, uning dastlabki samaralari bilan qiziqdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, farmon va qarorlarga ham to‘xtaldi. Jumladan, joriy yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini izohlab berdi. Unda isteʼmolchilarni yoqilg‘i energetika mahsulotlari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish ko‘zda tutilganini taʼkidladi. Shuning uchun aholiga elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni keng targ‘ib qilish zarurligini bildirdi.

Davra suxbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ayrim muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Deputat bu savollarga, bildirilgan taklif-mulohazalarga munosabat bildirdi. Muammolarni tegishli idora va tashkilotlarga yetkazish va ularning ijrosini o‘z nazoratiga olishini maʼlum qildi.

  • Ko'rildi
    54
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+