Yangi O’zbekiston – inson qadri yuksalgan yurt

28.07.2022, 16:27

Yangi O’zbekiston – inson qadri yuksalgan yurt

Shu kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi arafasida o‘tkaziladigan partiyaviy targ‘ibot tadbirlari o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan boshlab yuborildi.

Partiya Toshkent viloyat Kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tashabbuskorligida tashkil etilgan tadbir ham inson qadri yuksalayotgan yurtimizning mustaqillik bayramini keng nishonlash maqsadida o‘tkazildi.

Nurafshon shahridagi O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining majlislar zalida “Yangi O’zbekiston – inson qadri yuksalgan yurt” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, bugun Yangi O’zbekiston rivojlanish sohasida yangi davrga qadam qo‘ygani, yurtimizda davlatimiz rahbari belgilab bergan “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan ulug‘vor maqsad asosida yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilayotgani borasida fikr yuritishdi.

Bugun mamlakatimizda millatlararo ahillik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani barcha sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning muhim asosi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlashdi.

Yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelishayotganini qayd etishdi.

Yangi O’zbekistonning taraqqiyot yo‘lidan ildam borishida o‘zaro jipslik va bahamjihatlik muhim ahamiyat kasb etishiga urg‘u berishdi.

Takomillashtirilayotgan Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi ham inson qadri va jamiyat farovonligining huquqiy qalqoni bo‘lib xizmat qilishi muqarrar ekanini aytishdi.

Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qo‘shimchalarda mamlakatimiz ijtimoiy davlat sifatida qayd etilib, bu orqali fuqarolarning farovonlik darajasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olayotgani inson qadrini yuksaltirishdagi muhim qadam ekaniga urg‘u berishdi.

Konstitutsiyaning 13-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimcha “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilganiga alohida e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish masalasi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani zamirida yotgan ulug‘vor maqsadning mazmun-mohiyatini ham atroflicha ochib berishdi.

Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 100 ta maqsadning barchasi inson qadrini yuksaltirish g‘oyasi asosida ishlab chiqilganiga e’tibor qaratishdi.

Inson qadrini yuksaltirishda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilayotgan mamlakat mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida kamarbasta bo‘lish insoniy burch ekanini qayd etishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    627
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+