"Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" bosh g‘oyasi mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda

17.08.2022, 16:19

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida O’zbekiston mustaqilligining 31 yillik bayramini munosib kutib olish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Bo‘lib o‘tayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda bu yilgi istiqlol ayyomining "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" bosh g‘oyasi mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmokda.

Shu sababli O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan mazkur bayramga tayyorgarlik ko‘rish  va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida partiya viloyat Kengashi xodimlari, xududiy Kengashi apparat raxbarlari shuningdek halq deputatlari viloyat, tuman (shahar)  Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda Namangan shahar Kengashi deputati Soxibaxon Gapparova so‘zga chiqib, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, xotin-qizlarga, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida keng ma’noda gapirib o‘tdi.

Bundan tashqari, Chust tuman Kengashi deputati Roziqjon Xakimov so‘zga chiqib, mahalla tizimini takomillashtirish, hokim yordamchisi, yoshlar vakili, xotin-kizlar bo‘yicha yetakchi lavozimlarining joriy etilgani va buning dastlabki ijobiy natijalari haqida so‘z yuritdi. "Ayollar daftari”, "Yoshlar daftari" va "Temir daftar" bo‘yicha aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish tizimli ravishda olib borilayotganligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr mulohazalar yuritilib, yig‘ilish istirokchilari tomonidan "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz"  shiori ostida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+