Yangi O’zbekiston – taraqqiyotning yangi bosqichi

22.08.2022, 17:26

Yangi O’zbekiston – taraqqiyotning yangi bosqichi

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tashabbusi bilan shahardagi 81-sonli umumta’lim maktabida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi asoosida “Yangi O’zbekiston – taraqqiyotning yangi bosqichi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Maktab pedagog xodimlari va mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, mamlakatda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida keng jamoatchilikka yetkazildi.

Shuningdek, ma’ruzachilar keyingi yillarda barcha sohalar qatorida xalq ta’limi tizimidagi yaratilayotgan sharoitlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berishdi.

Jumladan, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi, 2022 yil 1 iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlari shakllantirilishi, 2022 yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazilishi bugungi islohatlarimiz, mustaqilligimizni yaqqol namunasidir.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+