“Bo‘ston”da oilaviy ajrimlar kamaymoqda

23.08.2022, 14:59

“Bo‘ston”da oilaviy ajrimlar kamaymoqda

Shahrisabz shahridagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida 5348 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 3461 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Rohila Ishaliyeva mahalla qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi sanaladi. Mahalla ahli unga ham deputat, ham quyi bo‘g‘in yetakchisi sifatida tez-tez murojaat etib turishadi. Maslakdoshlar mahallada mavjud bo‘lgan 1277 ta oilalarning mustahkamligini ta’minlash borasida keng ko‘lamda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan quyi bo‘g‘in yig‘ilishida Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini  mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida  batafsil fikr yuritildi.

- Oilaviy ajralishlar dastavval farzandlarning iqboliga jiddiy ta’sir etadi, - deydi Rohila Ishaliyeva. – Shu bois biz mahallamizda oilalarning mustahkamligini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratmoqdamiz. Oilada sog‘lom muhitni yaratish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikda umrguzaronlik qilishga ko‘maklashish diqqat e’tiborimizda. Partiya faollarimiz xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini amalga oshirishayapti. Amaliy ishlar o‘z samarasini  berayotir. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahalladagi 9 ta oila ajrim bo‘yicha murojaat etgan bo‘lsa, ularning 6 nafari yarashtirilib, 2 tasiga o‘ylab ko‘rish uchun muddat berildi. Ajralish yoqasiga kelib qolgan 1 ta oilani saqlab qolish maqsadida ishlayapmiz.   

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Farovon oila” loyihasi doirasidagi “Ayol ma’naviyati – oila qo‘rg‘onining mustahkam poydevori” mavzuidagi davra suhbatida ham xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan quyi bo‘g‘in faollari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    218
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+