Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

20.09.2022, 16:09

Mahalla aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O’zLiDeP faoli Shavkat Kurbanbayev tashabbusi bilan “Uch qahramon” MFY aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda olim mutaxassilar hamda 52-Oilaviy poliklinikaning 10 dan ortiq xodimlari ishtirok etib aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolar bepul dori-darmonlar bilan ta’minladilar.

Darhaqiqat, kasallikni oldini olish oila uchun ham jamiyat uchun ham samarali va foydalidir. Shu boisdan mamlakatimizda proflatik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shunday jonkuyar deputatlarimiz joylarda aholini sog‘lig‘ini saqlash, sihat-salomat bo‘lishlari uchun o‘zlarini kamtarona xissalarini qo‘shmoqdalar.

  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+