Yoshlar yetakchilari astoydil harakatda

14.10.2022, 12:06

Yoshlar yetakchilari astoydil harakatda

Bugun mahalladagi yoshlarning og‘irini yengil qilish, ularga munosib turmush sharoitini yaratishga mas’ul hisoblangan yoshlar yetakchisi tom ma’noda mahalladagi yoshlarning eng yaqin suyanchig‘i, ishonchli hamkori, samimiy maslahatgo‘yi, chin do‘stiga aylanib bormoqda.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi va Chilonzor tuman kengashining tashabbusi bilan partiya safiga qabul qilingan faol mahalla yoshlar yetakchilari hamkorligida tumanning qator mahallalarida bo‘lib, yoshlar muammolarini o‘rganishdi. Asosiy maqsad yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirishdan hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishdan iborat. Ertamiz egalarining murojaatlari va muammolariga partiya bilan hamkorlikda yechim topilmoqda.

O’rganishlar natijasiga ko‘ra, Beshchinor mahallasida yashovchi, ayni paytda ishsiz bo‘lgan Asror Nizomitdinovga Toshkent shahridagi ishsizlarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazining buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha 3 oylik o‘quv kursida o‘qishi uchun yo‘llanma berildi. Asror puxta bilim egallab, kelgusida jamiyatga foyda keltiradigan yetuk kadr bo‘lishiga ishonch bildirildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda mahalla yoshlarining muammolarini o‘rganishda davom etmoqda.

Mohiniso FARMONOVA,

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+