Deputat mahallada olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi

15.10.2022, 11:45

Deputat mahallada olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi

Bugun respublikamizning qaysi bir hududiga borsangiz ham, obod mahallaga aylanib, yangilanish va o‘zgarishlar yuz berib, aholining yashash sharoiti yaxshilanayotganidan ko‘nglingiz ko‘tariladi. 

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, "inson qadri" tamoyili asosida har bir insonning hayotdan rozi bo‘lib yashash yo‘lida keng keng ko‘lamli islohotlar amalga  oshirilmoqda. 

Bu borada mahallalarda ham hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar, ko‘chalarni ta’mirlash yo‘nalishida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash obodonlashtirish ishlari  olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Axmed Reymov o‘zi saylangan hudud "Qosko‘l 2" MFY da bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Haqiqatdan ham hududdagi ko‘cha yo‘llarining bir necha yillardan buyon yaroqsiz holga kelib qolganligi va elektr sim yog‘ochlarning o‘rniga temir beton stolbalarining o‘rnatilishi mahalla turg‘unlarining quvonchiga quvonch qo‘shib, mahallalar obod maskanga aylanmoqda.

Buning barchasi esa eng avvalo inson qadri uchun ekanligini anglash qiyin emas.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+