Deputat sa’y-harakati: MFYlar infratuzilmasi va aholi farovonligi yanada yaxshilanadi

18.11.2022, 17:53

Deputat sa’y-harakati: MFYlar infratuzilmasi va aholi farovonligi yanada yaxshilanadi

Ma’lumki, joriy yil 25 oktyabrda Prezidentimizning “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra joylarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholining ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotiga bo‘lgan talabini qondirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Xalq deputatlari viloyat va Buxoro shahar Kengashlari deputati Halimjon Safarov 35- “Yangibozor” saylov okrugi hududidagi “Ibn Sino”, “Mustaqillik”, “Chig‘irchi”, “Valfajir”, “Navbahor” hamda “Bog‘imuso” MFYlari aholisi bilan uchrashib, keyingi paytda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi hamda ularni ko‘zdan kechirdi. Kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Davlat va mahalliy Dasturlari ijrosi doirasida MFYlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtirilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari borasida ham so‘z borda va bu borada amalga oshirilgan ishlarga ham xolisona baho berildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan qaror ijrosi atroflicha o‘rgalib chiqilib, hududdagi “Bog‘imuso” MFYga qarashli bir qator qishloqlar aholisi talabiga binoan  xonadonlarni elektr quvvati bilan ta’minlovchi buzilgan transformator deputat H.Safarov sa’y-harakati bilan viloyat va tuman elektor tarmoqlari boshqarmalari mas’ullari tomonidan tuzatilib, qishloq xonadonlari yana elektr quvvati bilan ta’minlandi. Shuningdek, tumandagi “Sadir” MFYning 2 ta qishlog‘ida uzatib kelinayotgan gaz bosimining pastligi ham keyingi paytda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan edi. Jonkuyar deputatning tegishli mutasaddilarga murojaati ushbu muammoni ham o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berdi.

Serg‘ayrat deputat H.Safarovning o‘z saylov okrugidagi saylovchilari ishonchini qozonishga va ular roziligiga erishishga qaratilgan bunday ibratli va xayrli faoliyati davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+