Konstitutsiya baxtimiz poydevori
07.12.2022, 17:28
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va xalqimiz erishgan ulkan yutuqlarga yana bir bor nazar tashlar ekanmiz, mazkur yutuqlarning fundamental asosi va huquqiy negizini asosiy Qomusimiz tashkil etishini ko‘rish mumkin. Inson hayotda baxtli yashash uchun intiladi. Bunga esa adolat va qonun ustuvor jamiyatdagina erishish mumkin. Har bir fuqaroni hayotdan rozi qilish yo‘lidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aslida shu. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Konstitutsiya qabul qilinganligining 30 yillik bayrami keng nishonlanmoqda.
Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babaxanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbusi bilan saylov okrugida joylashgan 1-sonli DIMI va 56-sonli umumta’lim maktablarida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
- Shu kunga qadar mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uning haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat beradi, - deydi 1-sonli DIMI direktori A.Abdurahmanov.
Tadbirlarda Bosh Qomusimizni qabul qilinishi tarixi, Konstitutsiyaning moddalari mazmun-mohiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari tarzida keng yoritib berildi. Iste’dodli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar deputatlarning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring