O'zLiDePning barcha hududiy Kengashlarida joriy yilgi davlat Dasturi loyihasi keng muhokama etilmoqda

09.02.2023, 15:18

O'zLiDePning barcha hududiy Kengashlarida joriy yilgi davlat Dasturi loyihasi keng muhokama etilmoqda

O’zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar  Kengashlari hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining o‘tgan yildagi faoliyati yakunlari hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Ilhom Botirov  so‘z olib, viloyat Kengashi tomonidan 2022 yilda olib borilgan amaliy ishlar va natijalar xususida to‘xtaldi. Partiya viloyat kengashi faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga katta mas’uliyat va jiddiy tashabbus bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda o‘tgan vaqt mobaynida partiya xodimlari, faollari, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash, deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar va ayollar qanoti loyihalarini ommalashtirish, siyosiy o‘quvlar orqali salohiyatli, dunyoqarashi keng, yuksak bilimli kadrlar zahirasini shakllantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek yig‘ilishda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni loyihasi muhokamasida partiya tuzilmalarining faol ishtirokini ta’minlash, takliflar bildirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi. Bu borada partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruhlar tuzib olindi.

Tadbir yakunida O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining 2023 yilga mo‘ljallangan ish-rejasi tasdiqlandi.

Jaxongir Xujamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+