Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi

14.02.2023, 16:36

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Faxriylar Kengashi a’zosi Zamira Isanova so‘zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy ijodi, ma’naviy me’roslari asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni ekanligini ta’kidladi. Xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishi jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Qizg‘in davom etgan kechada ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlari Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o‘z sahna chiqishlarini tadbir ishtirokchilarga taqdim etishdi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    436
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+