Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

22.02.2023, 16:50

Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash borasida  keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgustdagi  “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021 yil 15 iyunda Andijon  shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi ochilgan edi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan mazkur “Ishga marhamat” monomarkazida bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi apparat xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkorlar, partiya faollari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari dastlab markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

- Mazkur markazimizda ishsiz, band bo‘lmagan aholi vakillarini servis va xizmat ko‘rsatish, texnika, umumqurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha hamda ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa kasblarga o‘qitish uchun 25 xil kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatiladi, - deydi markaz rahbari Sardorbek Abduraxmonov. Yo‘nalishlar bo‘yicha 1 oydan 4 oygacha bo‘lgan muddat davomida o‘qitiladi, imtihondan so‘ng o‘rta-maxsus diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikat beriladi.

Tadbir ishtirokchilari va partiya raisi Xurshidaxon Xalilova markazda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar  bilan yaqindan  tanishar ekan, markazdagi tinglovchilar partiya viloyat kengashi bilan hamkorlikda ishlash kerakligi, ular uchun monomarkazda ekskursiya tashkil etish, tadbirkorlar bilan deputatlar hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida qator takliflar berdi.

Bundan tashqari uchrashuv davomida partiyaning Andijon viloyat Kengashi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum tuzildi.

Ushbu markaz qoshida partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tashkil qilinib, markaz xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+