O'zLiDeP Faxriylar kengashi vakillari yoshlarni kasb-hunarli bo‘lishda o‘z hissalarini qo‘shyapti

22.02.2023, 16:55

O'zLiDeP Faxriylar kengashi vakillari yoshlarni kasb-hunarli bo‘lishda o‘z hissalarini qo‘shyapti

Keksalarga hurmat-ehtirom qadimiy qadriyatlarimiz sirasiga kirib, iymon-e’tiqodli, ixlosli va nuroniy keksalarning fazilatlaridan ibrat olish, ularning hayotiy tajribasini o‘rganishga millatimizning har bir vakili o‘zining burchi deb qaraydi va buni eng ulug‘ savobli ishlardan deb biladi.

Shu maqsadda O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi tashabbusi bilan “Navobod naslli parranda” MChJda “Keksalar o‘giti – yoshlar maktabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Faxriylar Kengashi raisi, “Navobod naslli parranda” MChJ rahbari Haydar O’roqov yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda, tadbirkorlik sir asrorlarini o‘rgatib, o‘rnak bo‘lishda katta avlod vakillarining tutgan o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ularning hayotiy tajribalari, millatimizning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini bilishlari muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda “Navobod naslli parranda” MChJ qoshida “Parrandachilik va uzumchilik maktabi” tashkil qilingan bo‘lib, joriy yilda mazkur maktabda 240 nafarga yaqin yoshlar parrandachilik va uzumchilikni sir asrorlarini o‘rganishdi. Ahamiyatli tomoni shuki, ushbu maktabda darslar bepul tashkil qilingan. “Parrandachilik va uzumchilik maktabi” tashkil qilishdan maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish orqali daromad topishlarida yordam ko‘rsatishdir.

Shuningdek tadbirda, partiya Faxriylar Kengashi a’zolari Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikrlashdilar. Keksa avlod vakillari mahallalarda tibbiy xizmatlar, maktablarda o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishda faollik ko‘rsatish kerakligi aytildi.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+