Navoiyda 60 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi
02.04.2018, 11:34
Navoiy shahridagi “Zarafshon ovozi” MChJga qarashli “Tinchlik” qo‘rg‘onida ish boshlagan to‘quv fabrikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar vohada yengil sanoat taraqqiyotida olib borilayotgan sa’y-harakatlar xususida to‘xtalishdi.
– Qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan korxona viloyat iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Zarafshon ovozi” MChJ bosh direktori, O‘zLiDeP faoli Ulug‘bek Fayziyev. – Chunki Xitoy va Turkiya davlatlaridan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatilgan korxonada viloyatning paxtasi qayta ishlanadi. Shu sababli dunyoning yetakchi korxonalaridan malakali mutaxassislarni jalb etib, mahorat darslari o‘tkazishni rejalashtiryapmiz.
Darvoqe, tinim-tinchimas tadbirkorimiz yana bir ezgu ishga qo‘l urgan. Yaqinda u “Tinchlik” qo‘rg‘onida temir-beton, Karmana tumanidagi “Bog‘ishamol” mahallasi hududida ohak ishlab chiqarish zavodini ishga tushirdi. Eng muhimi, bu ikki korxona faoliyat boshlashi bilan 60 nafarga yaqin yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishdi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring