O‘zLiDeP “Obod qishloq” dasturida faol ishtirok etmoqda
04.04.2018, 17:53
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada obodonlashtirish va qurilish maydoniga aylangan qishloqlarimiz mutlaqo yangicha qiyofa kasb etyapti.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi S.Egamberdiyeva hududda amalga oshirilayotgan ishlardan quvonar ekan, davlatimiz rahbarining bu tashabbusi haqida o‘z fikrlari bayon qildi.
– Qishlog‘imiz ham ushbu dasturga kiritilganidan mamnunmiz, – deydi onaxon. – Ayniqsa, viloyatning turli go‘shalaridan hasharchilarning tashrif buyurishi hududni yanada obod qilishga turtki bo‘lmoqda. O’zLiDeP faollari bizning uyimizga kelib uyimizni ta’mirlashga bosh-qosh bo‘lishdi. Ana shunday savobli ishlarda faol ishtirok etayotgan barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Ta’kidlash kerak, partiya tashabbusi bilan bu kabi xayrli ishlar joylarda davom etmoqda. O‘zLiDeP nafaqat Xatirchi tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” qishlog‘ini obod qishloqqa aylantirish ishlariga, balki “Obod qishloq” dasturi doirasidagi ishlarda ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
M.HAMROYEV,
O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring